"Manchester Yunayted" APL 16-turidan keyin peshqadam "Arsenal"dan 10 ochko ortda qolmoqda.

Ruben Amorim bosh murabbiyligidagi jamoa o'z maydonida "Bornmut"ga qarshi o'yinda (4:4) ochko yo'qotdi va 26 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

"Arsenal" ochkolarini 36 taga etkazib, "Manchester Siti"dan 2 ochko, "Aston Villa"dan 3 ochko oldinda bormoqda.

Kuchli to'rtlikni "Chelsi" (28 ochko) yakunlagan bo'lsa, keyingi o'rinlarda "Kristal Pelas", "MYu" va "Liverpul" - 26 ochkodan jamg'argan.