«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyingi ilk uchta o'yinda g'alaba qozondi.

Bugun «MYu» APLning 24-turi doirasida uyda «Fulxem»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Bundan oldin Kerrik qo'l ostida mankunianlar «Manchester Siti»ni (2:0) va «Arsenal»ni (3:2) enggan edi. «MYu» 41 ochko bilan jadvalda 4-o'rinni egallab turibdi.

Eslatib o'tamiz, 5 yanvar kuni klub Ruben Amorimni iste'foga chiqargan, Kerrik esa 13 yanvar kuni 2025/26 mavsumi oxirigacha bosh murabbiy etib tayinlangan.

7 fevral kuni «MYu» APLning 25-turida «Tottenxem»ni qabul qiladi.