"Manchester Yunayted"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Brayan Mbemo "Manchester Yunayted"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli hujumchi avgust oyi yakunlariga ko'ra, muxlislar ovoz berishida g'alaba qozonib, sovrinni qo'lga kiritdi. U himoyachilar Matteys de Ligt va Leni Yoroni ortda qoldirdi.
Mbeumo "Manchester Yunayted"ga yozda "Brentford"dan 65+6 mln funt evaziga o'tgandi. Avgust oyida u 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.