«Manchester Yunayted» murabbiylar bozorini faol o'rganmoqda. The Touchline nashri jurnalist Ben Jeykobsga tayanib xabar berishicha, «qizil iblislar» ayni damda asosan uchta nomzodni ko'rib chiqishmoqda.

Ushbu qisqa ro'yxatdan (short-list) quyidagi mutaxassislar o'rin olgan:

  • Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi)

  • Roberto Martines (Portugaliya terma jamoasi)

  • Roberto de Dzerbi (hozirda jamoasiz)

Shuningdek, manbaning ta'kidlashicha, Karlo Anchelotti (Braziliya terma jamoasi) va Tomas Tuxel (Angliya terma jamoasi) nomzodlari hozirda mankunianliklar tomonidan ko'rib chiqilayotgani yo'q.

2025/2026 yilgi mavsumni «Manchester Yunayted» vaqtinchalik murabbiy Maykl Karrik bilan yakunlaydi. Eslatib o'tamiz, kuni kecha jamoa safarda «Nyukasl»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.