Yozgi transfer oynasining so'nggi kunida italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma "PSJ"dan "Manchester Siti"ga o'tdi. Futbolchiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgan edi.

Telegraph Football nashrining ta'kidlashicha, "qizil iblislar" Donnarummani taklif qilishdan bosh tortishga qaror qilishgan. Manbaga ko'ra, darvozabonning umumiy transfer summasi shartnoma bo'yicha maosh bilan qo'shib hisoblaganda 150 million evroni tashkil qilgan va bu "Manchester Yunayted" rahbariyatiga ma'qul kelmagan. Eslatib o'tamiz, yakunda Ruben Amorim jamoasi 21 million evro evaziga Belgiyaning "Antverpen" klubidan Senne Lammensni transfer qilgan edi.

"Manchester Siti" safida 26 yoshli Donnarumma 2 ta o'yin o'tkazib, birorta gol o'tkazib yubormadi.