Joze Mourino tez orada «Real Madrid» boshqaruvini qo'lga oladi. Portugaliyalik mutaxassis ayni damda jamoaning keyingi mavsum uchun tarkib rejalarini tuzish bilan band.

The Sun nashrining tarqatgan xabariga ko'ra, Mourino yarim himoyachi Orelen Tchuamenini «Real»da saqlab qolishga qaror qilgan. 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Manchester Yunayted» klubi The Special Onening ushbu qaroridan allaqachon xabardor bo'lgan.

Nufuzli Transfermarkt portali Orelen Tchuamenini 70 million evroga baholamoqda. Frantsiyalik futbolchi «Real» safida jami 195 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tchuamenining madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.