«Manchester Yunayted» Maykl Kerrik qo'l ostida mavsumni juda yuqori notada yakunladi.

Bugun «Brayton» ustidan qozonilgan yirik g'alaba (3:0) «qizil iblislar»ning so'nggi paytlardagi ajoyib seriyasini mustahkamladi. Jamoa 18 apreldan buyon o'tkazilgan 6 ta o'yinning 5 tasida zafar quchdi:

  • «Chelsi» — 1:0 (G'alaba)

  • «Brentford» — 2:1 (G'alaba)

  • «Liverpul» — 3:2 (G'alaba)

  • «Nottingem Forest» — 3:2 (G'alaba)

  • «Sanderlend» — 0:0 (Durang)

  • «Brayton» — 3:0 (G'alaba)

Ushbu muvaffaqiyatli seriya «Manchester Yunayted»ga 71 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 3-o'rinni egallash va Chempionlar ligasiga yo'llanma olish imkonini berdi.