"Manchester Yunayted" Luis Enrike bo'yicha bir qarorga keldi

"Manchester Yunayted" ispaniyalik mutaxassis Luis Enrikening jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilinishidan manfaatdor emas. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda UtdXclusive xabar berdi.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, mankunianliklar xo'jayinlari Angliya Premer-ligasida ish tajribasi yo'qligi sababli ispaniyalik murabbiy nomzodidan voz kechishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, "qizil iblislar" portugaliyalik Ruben Amorimni iste'foga chiqargan edi. Uning o'rnini "MYu"ning sobiq futbolchisi Maykl Kerrik egalladi.
55 yoshli Enrike 2023 yilning yozida "PSJ"ni qabul qilib olgandi. Mutaxassisning shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.