"Manchester Yunayted" "Bornmut" vingeri Antuan Semenoning transferini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

"Qizil iblislar" bu borada yakuniy qarorni transfer oynasi ochilishidan avval qabul qilishadi. Avvalroq, Semenoni "Liverpul" va "Manchester Siti" o'z safiga qo'shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Antuan Semeno bu mavsumda APLning 14 uchrashuvida 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.