"Manchester Yunayted" Kerrik qo'l ostida mag'lubiyat nimaligini bilmayapti. Sulsher rekordi yangilanishga yaqin

Maykl Kerrik ikkita ish davri davomida "Manchester Yunayted" boshqaruvidagi dastlabki 10 ta o'yinda biror marta mag'lubiyatga uchramadi (8 g'alaba, 2 durang). Bugun "MYu" APL doirasida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi (2:1).
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Kerrik Gerbert Bemlett bilan tenglashib oldi. Rekord esa Ole-Gunnar Sulsherga tegishli bo'lib, u "qizil iblislar" bilan dastlabki 11 ta o'yinda mag'lub bo'lmagan.
Joriy mavsumda "MYu" Kerrik boshqaruvida 7 ta o'yin o'tkazdi (6 g'alaba va 1 durang), 2021 yilda esa uchta uchrashuvda (2 g'alaba va 1 durang) maydonga tushgan edi.