«Manchester Yunayted» Kazemiroga «ideal» o'rinbosar topdi

«Manchester Yunayted» Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini o'z safiga qo'shib olish umidini uzmayapti.
«Qizil iblislar» Mateush Fernandesh uchun kurashda «Tottenxem»ga imkoniyatni boy berishdi, shu sababli endi ular bor e'tiborni boshqa variantlarga qaratishga tayyor. Diario AS nashrining xabar berishicha, Angliya grandi yana Tchuameni transferiga jiddiy kirishgan — u jamoani tark etgan Kazemironing maydon markazidagi ideal o'rinbosari sifatida ko'rilmoqda. Shu bilan birga, manbaning qayd etishicha, MYu 26 yoshli frantsiyalik futbolchining transferini amalga oshirish juda qiyin bo'lishini va buning uchun katta mablag' talab etilishini yaxshi tushunib turibdi.
Avvalroq, «Real» shu yozda Orelen Tchuamenini sotish imkoniyatlarini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Transfermarkt portalida yarim himoyachining transfer bahosi 70 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar