Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yana bir top-klubning nishoniga aylandi.

Frantsiyalik futbolchining nomzodi «Manchester Yunayted»da muhokama qilinmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» «qaymoqranglilar» yarim himoyachisini maydon markazini kuchaytirish variantlaridan biri sifatida belgilab olishgan. Muammo shundaki, Kamavinganing o'zi «Real»dan ketishdan mutlaqo manfaatdor emas. Muzokaralar faqatgina futbolchi o'z fikrini o'zgartirib, klubni tark etish imkoniyatini ko'rib chiqsagina boshlanishi mumkin.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Eduardo Kamavinganing qiymati 50 million evroni tashkil etadi. O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi 43 ta uchrashuvda ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz