Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi 26 yoshli italiyalik hujumchi Mateo Retegini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.

2025 yilda Retegi «Atalanta» klubidan Saudiyaning «Al-Qodisiya» jamoasiga o'tgan edi. Manbalarga ko'ra, «MYu» futbolchi uchun 60 million evro to'lashga tayyor.

2024/25 yilgi mavsumda hujumchi A Seriyasining eng yaxshi to'purari bo'ldi — u 25 ta gol urdi. Oktyabr oyida esa Retegi Estoniya (3:1) va Isroil (3:0) jamoalariga qarshi o'yinlarda Italiya terma jamoasi safida uchta gol kiritdi.

Manba: football24.ru