"Manchester Yunayted" "Inter" himoyachisini nishonga oldi

"Inter" himoyachisi Federiko Dimarko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Futbolchi "Manchester Yunayted"ning transfer nishoniga tushgan.
"Qizil iblislar" kelayotgan yozda mudofaa qanotlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Dimarko klubning "short-listi"dagi (nomzodlar ro'yxati) asosiy variant bo'lib turibdi.
Avvalroq Federikoning xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Dimarko "Inter"ning eng muhim o'yinchilaridan biri sanaladi. Joriy mavsumda u chap qanot himoyachisi pozitsiyasida maydonga tushib, 31 ta o'yinda ishtirok etdi va o'z hisobiga 6 ta gol hamda 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.