"Manchester Yunayted" 2024 yildan beri ilk bor ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozondi.

Maykl Kerrik jamoasi bugun APLning 25-turida "Tottenxem"ni mag'lub etdi (2:0). Bungacha "qizil iblislar" tomonidan "Fulxem" (3:2), "Arsenal" (3:2) va "Manchester Siti" (2:0) jamoalari taslim etilgan edi.

Bunga qadar "MYu" oxirgi marta 2024 yilning fevral oyida ketma-ket to'rt bor g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan edi.

10 fevral kuni mankunianliklar "Vest Xem" bilan to'qnashadi.