"Manchester Yunayted" ijaradagi yarim himoyachisini qaytarib oldi

"Manchester Yunayted" markaziy yarim himoyachi Tobi Kollerni ijaradan qaytarib oldi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko'ra, bunday qarorga kelishining sababi Kollerning jarohati bo'lib, u ikki oyni o'tkazib yuboradi. Qayd etilishicha, 21 yoshli futbolchi allaqachon davolanish uchun "Vest Bromvich"dan jamoaga qaytgan.
Joriy mavsumda angliyalik futbolchi Chempionshipda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mish-mishlarga ko'ra, Kollerga Angliyaning ikkinchi divizionidan bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda.
Bugun, 26 dekabr kuni "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.