"Manchester Yunayted" hujumchisini A Seriyaga qo'yib yuborishga rozi bo'ldi

"Roma" hozirda "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan hujumchi Joshua Zirkzee bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Il Messaggero xabariga ko'ra, ingliz klubi yanvar oyida forvardni ijaraga qo'yib yuborishga tayyor, ammo kelishuvga 25 million evroga sotib olish bandi kiritilsagina.
Rimliklar hujum chizig'ini kuchaytirishdan manfaatdor va bitimning mos moliyaviy tuzilmasi bo'yicha kelishib olishni istamoqda.
Zirkzee "Yunayted"ga 2024 yilning yozida "Bolonya"dan 42,5 million evro evaziga o'tgandi. Joriy mavsumda u APLning 4ta o'yinida ishtirok etdi, biroq gol va golli uzatmalarni amalga oshira olmadi.