"Manchester Yunayted" hujumchisi Benjamin Sheshko oktyabr oyining boshidan beri gol ura olmayapti.

Sloveniyalik Premer-liganing 17-turida "Aston Villa"ga qarshi o'yinning 73-daqiqasida almashtirildi va yana gol ura olmadi.

Sheshkoning so'nggi goli 4 oktyabr kuni "Sanderlend"ga qarshi o'yinda (2:0) urilgan. O'shandan beri hujumchi "Manchester Yunayted" va Sloveniya terma jamoasi safida ketma-ket sakkizta o'yinda gol ura olmadi.

Sheshko "RB Leyptsig"dan 76,5 million evro (qo'shimcha 8,5 million evro) evaziga sotib olingan edi.