"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylundni "Napoli"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rimda kutib olishdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio xabar bermoqda.

Agar tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, 22 yoshli daniyalik "Napoli"ga ijara asosida o'tadi.

Avvalroq, neapolliklar Xyoylundning ijarasi uchun 6 mln evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shartnomada futbolchini 44 mln evroga sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan bo'ladi.