"Manchester Yunayted" hujumchisi A Seriyaga qaytishga yaqin

"Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylund Italiyaga qaytishga yaqin turibdi.
"Qizil iblislar" "Napoli"ning 22 yoshli futbolchi bo'yicha taklifini qabul qildi, deya xabar beradi insayder Janluka Di Martsio.
Klub daniyalikni 45 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi.
"Napoli" Romelu Lukakuning jiddiy jarohat olgani haqidagi xabardan so'ng darhol Rasmus Xyoylund bo'yicha muzokaralarni kuchaytirdi. Avvalroq "Milan" ham sobiq "Atalanta" hujumchisiga qiziqish bildirgan edi.