«Manchester Yunayted» hozirda eng zaif nuqatisga yangi futbolchi olib kelish arafasida turibdi

Belgiyaning "Antverpen" klubi darvozaboni Senne Lammens "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, so'nggi bir necha soat ichida klublar o'rtasidagi muzokaralar tezlashgan. "Antverpen"dagilar ushbu dam olish kunlari transfer yopilishiga ishonishmoqda. Lammensning o'zi allaqachon Premer-ligaga ko'chib o'tishga va "qizil iblislar" bilan 5 yillik shartnomaga rozilik bergan. Kelishuv summasi 25 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli Lammens Belgiya chempionati doirasida 4 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta gol o'tkazib yubordi.