«Manchester Yunayted» Grinvudni qaytarib olishdan voz kechdi

«Marsel» vingeri Meyson Grinvud «Manchester Yunayted»ga qaytmaydi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, «qizil iblislar» «Marsel»ga o'z tarbiyalanuvchisini qaytarib sotib olish optsiyasini faollashtirish niyatida emasliklarini ma'lum qilishgan. Endi Frantsiya klubi vingerni sotib olishga qiziqish bildirayotgan «Fenerbaxche» bilan rasmiy muzokaralarni boshlaydi.
Ta'kidlanishicha, transfer amalga oshgan taqdirda, «Manchester Yunayted» taxminan 11,7 million evro oladi, chunki futbolchining shartnomasida qayta sotishdan keladigan foiz bo'yicha maxsus band mavjud.
2025/26 yilgi mavsumda Grinvud barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar