«Manchester Yunayted» Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisini kuzatmoqda
Dortmundning «Borussiya» klubi germaniyalik yarim himoyachisi Feliks Nmecha faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda BILD nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» ayni paytda Germaniya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etayotgan 25 yoshli futbolchini anchadan beri kuzatib kelishmoqda.
«Borussiya» Nmechuni taxminan 50 million evroga baholamoqda, vaholanki uning shartnomasida tovon puli 80 million evro etib belgilangan. Qayd etilishicha, bir yildan so'ng ushbu mablag' 70 million evrogacha pasayadi.
2025/26 yilgi mavsumda Nmecha «Borussiya» tarkibida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.