"Manchester Yunayted"ga "Yuventus" vingeri kerak

"Manchester Yunayted" transfer bozoridagi imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, "qizil iblislar" "Yuventus" vingeri Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kenan Yildizning transfer narxi 90-100 million evro atrofida bo'lishi mumkin.
Avvalroq, OAV xabarlarida "Yuventus" 20 yoshli Yildizga moliyaviy shartlari yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.