«Manchester Yunayted»ga Kone transferi bo'yicha ultimatum qo'yildi

Manu Kone hanuz «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadlari ro'yxatida turibdi, ammo muzokaralar hozircha oldinga siljigani yo'q.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, «Roma» 25 yoshli yarimhimoyachini 31 iyulga qadar sotib yubormoqchi. Bu rimliklarga moliyaviy feyr-pley (FFP) talablarini bajarish va UEFA oldidagi majburiyatlarini yopish uchun zarur. «Roma» o'z futbolchisini 60 million evrga baholamoqda.
Kone 2026 yilgi jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi safida yorqin o'yin ko'rsatgach, top-klublar e'tiborini tortdi. Xabarlarga ko'ra, «Manchester Yunayted» futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan, ammo «Roma»ga hali rasmiy taklif bilan chiqmagan.
«Manchester Yunayted» rahbariyati ichida Kone nomzodi bo'yicha yagona to'xtam yo'q. The Telegraph ma'lumotiga ko'ra, klub mutasaddilarining hammasi ham bu transferni qo'llab-quvvatlamayapti.
Shuningdek, frantsuz futbolchisiga «MYu»dan tashqari «Arsenal» va «Chelsi» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar