"Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan angliyalik yarim himoyachi Kobbi Maynu ispan tilini o'rganmoqda. Futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirish niyatida.

Tribal Football portali jurnalistlarining ma'lum qilishicha, yarim himoyachi Madrid grandlaridan biriga o'tishga tayyor. Angliyalik futbolchiga "Real" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.

20 yoshli xavbek "Transfermarkt" portali tomonidan 50 million evroga baholanmoqda. Kobbining "qizil iblislar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.

Ma'lumot uchun, Maynu Angliya premer-ligasining joriy mavsumida uchta bahsda maydonga tushdi.