"Manchester Yunayted" futbolchilari "Brentford"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Amorimga ishonmay qo'ydi

Yaqinda "Brentford"dan uchralgan mag'lubiyat "Manchester Yunayted"da Ruben Amorim uchun "burilish nuqta" bo'lishi mumkin.
"Qizil iblislar" o'tgan shanba kuni "asalarilar"ga yutqazib qo'yishgandi (1:3), shundan so'ng portugaliyalik murabbiyning iste'foga chiqarilishi haqidagi mish-mishlar har tomondan tarqala boshladi. Jurnalist Kris Uilerning yozishicha, o'shandan beri jamoadagi kayfiyat sezilarli darajada o'zgargan: o'sha kuni ba'zi futbolchilar Amorimga ishonmay qo'ygan va uning vaziyatni o'nglay olishiga shubha qila boshlagan.
Shanba kuni "Manchester Yunayted" Premer-liga 7-turi doirasida o'z maydonida "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi. Taxminlarga ko'ra, mankunianliklar rahbariyati yaqin orada murabbiyni iste'foga chiqarmaydi, ammo natijalar yaxshilanmasa, biroz keyinroq iste'foga qaror qilishi mumkin.