Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi, klub miqyosida «Roma» sharafini himoya qilayotgan Manu Kone «tumanli Albion»ga yo'l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, «Manchester Yunayted» 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Qizil iblislar» futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.

Ta'kidlash joizki, Konening bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi. Frantsuz futbolchisi va Rim klubi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yil iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi.

O'tgan mavsumda Manu 37 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi ikkita gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: Stadion.uz