"Manchester Yunayted" Frantsiya terma jamoasi hujumchisini kuzatib bormoqda

"Manchester Yunayted" tarkibni kuchaytirish variantlarini o'rganmoqda. Transfer News Live nashrining The Daily Briefing'ga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar" "Kristal Pelas" vakili Jan-Filipp Matetani kuzatib bormoqda.
Qayd etilishicha, 28 yoshli Mateta Premer-liganing "Tottenxem" va "Nyukasl" kabi klublari radarlaridan ham joy olgan.
Matetaning "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Frantsuz faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqchi, shuning uchun shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Matetaning transfer narxi 40 million funt (46 million evro) atrofida bo'lishi mumkin.
Oktyabr oyida Jan-Filipp Mateta Frantsiya terma jamoasi safida debyut qildi.