"Manchester Yunayted" "Everton" yulduzini short-listiga kiritdi

"Manchester Yunayted" klubi "Everton" hujumchisi Iliman Ndiayni yozgi transfer oynasi uchun o'zlarining asosiy maqsadi sifatida belgilab olgan.
"Qizil iblislar" rahbariyati futbolchining maydondagi harakatlarini anchadan beri diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biroq ushbu transfer "MYu" uchun arzonga tushmaydi. Taxminlarga ko'ra, "Everton" o'z yulduzining sotuvidan taxminan 70–75 million funt sterling miqdorida mablag' ishlab olmoqchi.
Transfermarkt 26 yoshli senegallik vingerni 50 million evroga baholagan. Uning "irislar" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Ndiaye joriy mavsumda 26 ta o'yinda 5 ta gol urib, 3 ta assist amalga oshirdi.