"Manchester Yunayted" Emiliano Martines bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

"Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martines jamoani tark etishga yaqinlashmoqda.
Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" 32 yoshli argentinalik golkiper bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Agar bugun mankunianliklar "Antverpen" bilan Senne Lammens transferini kelisha olmasa, darhol "Aston Villa" bilan bog'lanadi.
"Villa" va "MYu" o'rtasida aloqalar ancha iliq davom etmoqda.