«Atalanta» yarim himoyachisi Ederson Lourentso yaqin orada «Manchester Yunayted»ga ehtimoliy transferi oldidan takroriy tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqda o'zining ijtimoiy tarmoqlarida jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, mankunianliklar 26 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo'yicha «Atalanta» bilan 45 million evro evaziga kelishib bo'lgan. Futbolchi tibbiy testlarning birinchi qismidan AQShda o'tgan, biroq tomonlar o'rtasida hali shartnoma imzolanmagan.

Ederson jahon chempionatida ishtirok etdi, u erda terma jamoa 1/8 finalda Norvegiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi o'yinchi shifokorlarning ikkinchi ko'rigidan o'tish va kelishuvni yakunlash uchun Angliyaga yo'l olishi kerak bo'ladi.

Manba: Stadion.uz