«Manchester Yunayted» vingeri Amad Diallo yozgi transfer oynasida klubni tark etmaydi.

«Qizil iblislar» rahbariyati ivuarlik futbolchini «daxlsiz» deb hisoblamoqda, deya xabar beradi nufuzli insayder Fabritsio Romano. 23 yoshli futbolchiga transfer bozorida xaridorlar topiladi, biroq u bo'yicha kelib tushadigan takliflar umuman ko'rib chiqilmaydi. Klub Amadni asosiy tarkibning muhim o'yinchisi sifatida ko'rmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2025 yilning boshida Diallo «Manchester Yunayted» bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Yakunlangan mavsumda futbolchi mankunianliklar safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: Stadion.uz