"Manchester Yunayted"da ustuvor transfer maqsadi aniqlandi

"Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida maydon markazini kuchaytirishga urinib ko'radi.
Klubdagilar yarim himoyadagi imkoniyatlar kamligi Ruben Amorimni ancha cheklab qo'yganini tushunishadi, shu bois muammoli hududni kuchaytirish variantlarini faol o'rganishmoqda, deb yozadi jurnalist Mayk Kigan. "Qizil iblislar" rahbariyati yanvar oyida xavbek pozitsiyasiga deyarli har qanday xarid muvaffaqiyatli bo'lishi va jamoani kuchaytirishiga ishonmoqda.
Mish-mishlarga ko'ra, "MYu" "Atletiko"dan Konor Gallaxer va "Al-Hilol"dan Ruben Nevesh nomzodlariga qiziqish bildirmoqda.
Mankunianliklar Premer-liga 17-turidan keyin turnir jadvalida ettinchi o'rinni egallab turibdi.