«Manchester Yunayted»da katta «tozalov»: Besh nafar yulduz sotuvga qo'yildi

Yozda besh nafar futbolchi «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin.
Angliya grandi Manuel Ugarte, Joshua Zirkzee, Andre Onana, Rasmus Xoylund va Markus Reshfordni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. «Qizil iblislar»ning minoritar aktsiyadori Djim Retkliff futbolchilar sotuvidan kamida 100 million funt sterling ishlab olishni maqsad qilgan.
«Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 55 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Qishda klub Ruben Amorimni iste'foga chiqargan edi.