"Manchester Yunayted" "Chelsi"ning sobiq futbolchisini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. talkSPORT xabariga ko'ra, "qizil iblislar"ga yarim himoyachi Ruben Loftus-Chik taklif qilingan. Mankunianliklar 29 yoshli futbolchini "Milan"dan mavsum yakuniga qadar ijaraga olishi mumkin.

Qayd etilishicha, Loftus-Chik Angliyaga qaytishdan manfaatdor, biroq muzokaralar jarayoni faqat dastlabki bosqichda.

2025/2026 yilgi mavsumda Ruben Loftus-Chik "Milan" safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Nufuzli Transfermarkt portali 29 yoshli futbolchini 10 million evroga baholamoqda.