"Manchester Yunayted" Bundesliga yulduzi uchun kurashda etakchilik qilmoqda

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi "Manchester Yunayted" e'tiborida bo'lib turibdi.
"Asalarilar" bosh murabbiyi Niko Kovach bilan ziddiyatli munosabatlar 23 yoshli futbolchini ketishga undashi mumkin. Transfer News Live nashrining Ruhr Nachrichten’ga tayanib xabar berishicha, Adeyemi uchun kurashda ayni damda "Manchester Yunayted" etakchilik qilmoqda, biroq narx muammosi yuzaga kelishi mumkin - "Borussiya" kamida 80 mln evro ishlab olmoqchi.
Mashhur Transfermarkt portali mutaxassislari germaniyalik forvardning narxini 60 mln evroga baholamoqda. Futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan.