«Manchester Yunayted» va «Roma» klublari «Bryugge» hujumchisi Nikolo Trezoldiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda HLN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Italiya klubi 21 yoshli forvardning transferi uchun 35 million evro taklif qilgan, ammo «Bryugge» uni qo'yib yuborish variantini ko'rib chiqmayapti. Shunga qaramay, agar «Manchester Yunayted» transferga «jiddiy kirishsa», vaziyat o'zgarishi mumkin.

O'tgan mavsumda Trezoldi barcha turnirlarda 58 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. «Transfermarkt» portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz