"Manchester Yunayted" Brunu Fernandeshga shartnomani uzaytirishni taklif qildi

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzoq muddatga uzaytirishni rejalashtirmoqda. Unga shartnomani 2029 yilgacha uzaytirish taklif qilindi", – deb yozdi Skira.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 31 yoshli Brunu Fernandesh ikkita o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Klub bilan amaldagi shartnoma muddati 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt Portugaliya terma jamoasi a'zosining bozor qiymatini 35 million evroga baholamoqda.
Kommentariyalar