"Bornmut" vingeri Antuan Semeno "Manchester Yunayted" short-listida qolishda davom etmoqda. Bu haqda CaughtOffside xabar berdi.

Yuqoridagi manbaga ko'ra, "qizil iblislar" yozgi transferlar vaqtida ko'z tikkan 25 yoshli hujumchiga katta qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, klub kelasi yozda Semenoni sotib olishga urinib ko'radi, chunki Ruben Amorim va "Manchester Yunayted" rahbariyati futbolchiga yuqori baho bermoqda.

Semeno joriy mavsum Angliya Premer-ligasida ettita uchrashuvda oltita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.