"Manchester Yunayted" bir yo'la ikkita antirekord qayd etdi

Maykl Kerrik shogirdlari raqibidan zarbalar bo'yicha 21:8, darvoza tomon aniq zarbalar bo'yicha 5:4 va kutilgan gollar (xG) bo'yicha 1,81:1,26 ustunlik qildi. Biroq MYU bu ustunlikni golga aylantira olmadi.
"Xall" tarkibida Semi Adjayi va Nobel Mendidan gollar kiritildi.
Ushbu mag'lubiyat "Manchester Yunayted" uchun bir nechta tarixiy statistik natijalarni qayd etdi:
"MYU" APL tarixida ilk bor "Xall"dan mag'lub bo'ldi. Bunga qadar jamoalar o'rtasidagi 10 ta uchrashuvda manchesterliklar 8 marta g'alaba qozongan va 2 marta durang o'ynagan.
Shuningdek, "Manchester Yunayted" APLda ilk bor mavsumning birinchi turida yuqori divizionga yangi ko'tarilgan jamoaga mag'lub bo'ldi.
Qayd etish joiz, "Xall" 2016/17 yilgi mavsumdan keyin birinchi marta APLga qaytgan.
"Xall" chempionatda "Manchester Yunayted"ni so'nggi bor 1974 yil noyabr oyida, ikkinchi divizionda mag'lub etgan edi.
Kommentariyalar