«Manchester Yunayted» klubi «Atalanta» yarim himoyachisi Ederson uchun kurashga jiddiy kirishmoqda.

Nikolo Skiraning xabar berishicha, «qizil iblislar» 26 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 45 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu taklif ularga Madridning «Atletiko» klubidan tashabbusni tortib olish imkonini berishi mumkin.

Madrid klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan edi. Unga ko'ra, Ederson 2031 yilgacha yillik 4,5 million evro maosh olishi ko'zda tutilgandi.

Biroq, Italiya klubi «matraschilar»ning avvalgi 35 million evrolik taklifini rad etgan va o'z o'yinchisi uchun kattaroq mablag' talab qilgan. Endilikda «Manchester Yunayted»ning taklifi transfer jarayonini o'zgartirib yuborishi kutilmoqda.