«Manchester Yunayted» APLning boshqa bir klubi yulduziga xaridor bo'lmoqda

«Nottingem Forest» klubining hujumkor yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt «Manchester Yunayted» e'tiboriga tushdi. «Qizil iblislar» «o'rmonchilar»ning 26 yoshli yulduzi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Manbaning ta'kidlashicha, «Nottingem Forest» futbolchini kamida yana bir yil o'z safida saqlab qolmoqchi, biroq uning shu yozda «Yunayted»ga o'tishini ham istisno qilib bo'lmaydi.
Transfermarkt portali Gibbs-Uaytning transfer bahosini 70 million evroga baholamoqda. Yakunlangan mavsumda xavbek barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Angliyalik futbolchining «Forest» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.