«Manchester Yunayted» joriy mavsumda APLda g'olib chiqish imkoniyatini butunlay yo'qotdi.

«Arsenal» «Fulxem» ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (3:0) so'ng, turnir jadvalida mankunianliklardan yuqoriroq o'rinni egallashini kafolatladi. Londonliklar 35 o'yinda 76 ochko jamg'arishdi, «MYu» hisobida esa 34 ta uchrashuvdan so'ng 61 ochko mavjud.

Eslatib o'tamiz, «Yunayted» oxirgi marta 2013 yilda — Aleks Fergyusonning murabbiylik faoliyatidagi so'nggi yilida Premer-liga chempioni bo'lgan edi. Klub Angliya chempionatida jami 20 marta zafar quchgan — bu borada ulardan ko'p chempion bo'lgan boshqa jamoa yo'q.