"Manchester Yunayted" APL 12-turidan keyin 10-o'rinda bormoqda.

Ruben Amorim jamoasi APL doirasidagi uy uchrashuvida "Everton"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Angliya chempionatining 12 turida "Manchester Yunayted" 5 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 3 durang qayd etdi. Jamoa 18 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Arsenal" bilan oradagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda.

"Everton" ochkolarini 18taga etkazib, 11-o'ringa ko'tarildi va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Liverpul"ni ortda qoldirdi.

APLning navbatdagi turida "Manchester Yunayted" "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi. O'yin 30 noyabr kuni bo'lib o'tadi.