Antoni "Manchester Yunayted"dan "Betis"ga o'tdi.

Ingliz klubi 25 yoshli vingerning transferini e'lon qildi.

Oldinroq ispanlarga 22 million evro to'lash kafolatlangani, yana 3 millioni esa bonus sifatida to'lanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Braziliyalik keyinchalik qayta sotilgan taqdirda ham inglizlar 50 foiz oladi.

Antoni o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Betis"da ijarada o'tkazdi.