"Manchester Yunayted" bu safar ham darvozasini daxlsiz saqlab qola olmadi.

Yakshanba kuni Ruben Amorim jamoasi safarda "Aston Villa"ga mag'lub bo'ldi (1:2). Premer-liganing 17-turi ortda qoldi, "qizil iblislar" esa bor-yo'g'i bir marta darvozasidan gol o'tkazib yubormadi - bu yuqori diviziondagi barcha o'yinlar tarixidagi klub antirekordini takrorlash, deya xabar beradi Sky.

Ilgari bunday ko'rsatkich uch marta qayd etilgan bo'lib, so'nggi marta bunday holat kuzatilganiga 63 yil bo'lgan. Mankunianliklar APL-2025/26 turnir jadvalida 26 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.