«Manchester Yunayted» 4 yilda birinchi marta turnir jadvalida «Manchester Siti»dan yuqoriga joylashdi

"MYu" APL jadvalida so'nggi 4 yilda ilk bor "Man Siti"dan yuqoriga joylashdi.
Uch turdan so'ng mankunianliklar 4 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Shaharliklar" bir ochko ortda qolib, 12-pog'onada bormoqda.
Oxirgi marta "Manchester Yunayted" 2021/22 yilgi mavsumning 5-turidan keyin "Siti"dan yuqorida turgandi.
Jamoalar keyingi turda o'zaro o'ynashadi. Uchrashuv "Etihad"da bo'lib o'tadi.
Manba: www.stadion.uz.