"Norvich" "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Amassni ijaraga olganini e'lon qildi.

18 yoshli britaniyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. U 2-raqamda harakat qiladi.

"MYu" futbolchining "Sheffild Uensdey"dagi ijarasini to'xtatdi.

2025/26 yilgi mavsumda Amass Chempionshipda 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.