"Manchester Siti" yulduziga 3 top klub da'vogarlik qilmoqda

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva kelasi yilda klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Portugaliyalikning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalarida tugaydi - tomonlar shartnomani uzaytirmasligi ehtimoli katta. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, vaziyatni Italiyaning "Napoli", "Yuventus" va "Milan" klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda. A Seriya vakillari uchun muammo futbolchining maoshi bo'lishi mumkin: hozir u haftasiga deyarli 350 ming evro maosh oladi - Italiyaga ko'chib o'tish uchun maoshining sezilarli darajada pasayishiga rozi bo'lishga to'g'ri keladi.
Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Avgust oyida "shaharliklar" sardori 31 yoshga to'ldi.
Kommentariyalar